Joriy yilning 30-noyabr kuni Sirdaryo viloyati Statistika boshqarmasida “ Korrupsiya-rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida boshqarma xodimlari va hududiy bo`lim xodimlariga VKS yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kun tartibi masalasi yuzasidan tadbirni boshqarma boshlig‘i B.Batirov ochib berib, Korrupsiya bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.
Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatlar bilan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshiruvchi yangi tuzilma Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilganligini ta’kidlab o‘tdi.
Kun tartibi masalasi yuzasidan so‘zni boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Yaxyayev davom ettirib Korrupsiyaga qarshi kurashish O‘zbekistonda davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Buni so‘nggi yillarda sohaga oid qabul qilingan konseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ma’muriy islohotlar misolida ko‘rishimiz mumkin. Xususan, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tizimi tubdan takomillashtirilib, Prezidentning xalq qabulxonasi, virtual qabulxonasi, shuningdek, har bir vazirlik va davlat idoralarining ishonch telefonlari hamda vertual qabulxonalari ishga tushirildi. Respublika bo‘ylab 209 ta xalq qabulxonasi tashkil etilib, fuqarolarning huquqlarini tiklash ustuvor vazifa sifatida belgilanganligini ta’kidlab o‘tdi.
Sirdaryo viloyati Statistika boshqarmasi Axborot xizmati.