Joriy yilning 26-noyabr kuni Sirdaryo viloyati Statistika boshqarmasi hodimlari uchun “Amir Temur Ikkinchi Renessans homiysi”mavzusida ma'naviyat soati bo‘lib o‘tdi.Ma'naviyat soati davomida Statistika boshqarmasi boshlig‘i B.Batirov Istiqlol yillarida Amir Temur siymosi milliy davlatchiligimiz timsoliga aylanib, o‘zlikni anglash, an’ana va qadriyatlarimizni tiklash borasida xalqimizga ma’naviy kuch bag‘ishlab kelmoqdaligi,Bugungi kunda xalqimiz Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” bosh g‘oyasiga tayanib, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish yo‘lida birlashgan ekan, Vatanimiz tarixidagi ikkinchi Uyg‘onish davri bunyodkori Amir Temur shaxsini va siyosatini har tomonlama o‘rganish yanada dolzarb ahamiyat kasb etishi to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalari bildirib o‘tdi.
Sirdaryo viloyati Statistika boshqarmasi Axborot xizmati.