05/11/2021

 2020- yilning 16- martida “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Unda ko‘rsatilgandek, aholini ro‘yxatga olish – bu O‘zbekiston Respublikasining aholisi to‘g‘risida ishonchli va xolis axborot yig‘ishdan iborat.

Qonun bilan aholini ro‘yxatga olishning asosiy prinsiplari belgilandi, bular:

- davriylik;

- umumiylik va bir paytdalik;

- ro‘yxatga olishning yakka tartibdaligi;

- shaxsga doir ma’lumotlarni maxfiyligi;

- aholini ro‘yxatga olishni boshqarishning markazlashtirilganligi.

Aholini ro‘yxatga olish sohasini davlat tomonidan tartibga solish Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika komissiyasi, aholini ro‘yxatga olish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari bo‘lgan Davlat Statistika Qo‘mitasi, shuningdek, maxalliy davlat xokimiyati organlari tomonidan uz vakolatlariga muvofik amalga oshiriladi.

Qonun bilan ushbu organlarning bu sohadagi vakolatlari belgilandi. Shuningdek, aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish uchun mas’ul bulgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar maxsus vakolatli davlat organiga aholini ro‘yxatga olish sohasidagi vazifalarni bajarish yuzasidan ko‘maklashadi.

 

Viloyat Statistika Boshqarmasi 

Sayxunobod tuman statistika bo‘limi