13/10/2021

 Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida 2021- yil 12- oktabr kuni boshqarma va tuman (shahar) statistika bo‘lim xodimlari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi mazmuni va mohiyati hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida Saylov kodeksini yaratishning asosiy maqsadi, saylov o‘tkazish printsiplari, saylov jarayoni va boshqalar to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, Qonunning 12-bobida belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining o‘ziga xos xususiyatlari va saylovni amalga oshirish tartibida alohida to‘xtalib o‘tildi.   

Seminar so‘ngida ma’ruzachi tomonidan xodimlarning barcha savollariga javob berildi va “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida nimalarni bilishimiz kerak?” mavzusida tayyorlangan bukletlar tarqatildi.