Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi davom etmoqda.
– Kelgusi besh yilda 2,6 ming kilometr avtomobil yo‘llari va ko‘chalar,141 ta ko‘prikni qurish va ta’mirlash ishlari bajariladi. Bunga 2 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltiriladi. Jamoat transporti yetib bormagan 22 ta aholi punktiga avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Viloyatni, Tojikiston orqali Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lovchi 4 ta tranzit avtobus yo‘nalishlari joriy qilinadi,– dedi Shavkat Mirziyoyev.
O‘zA