28/09/2021

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig VMQ-710-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida Aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yilda o‘kazilishi belgilandi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 28- sentabr kuni Sardoba tumani 20- sonli maktabda, Yangiyer shahar 3- sonli maktabda, Sayxunobod tumani Moliya bo‘limida, Mirzaobod tumani 10- sonli maktabda, Guliston tumani Agrotexnologiyalar texnikumida seminarlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning asosiy mavzusi Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlarini to‘g‘ri tashkil etish va viloyatimizda sifatli o‘tkazish chora-tadbirlarini ko‘rish bo‘ldi.

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati