O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig VMQ-710-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida Aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yilda o‘kazilishi belgilandi.
Shu munosabat bilan joriy yilning 21- sentabr kuni Guliston shahar Qurilish kollejida, Oqoltin tumani 16- sonli maktabda, Sardoba tumani 16- sonli maktabda, Boyovut tumani “Magistr ta’lim” MChJ da seminarlar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning asosiy mavzusi Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlarini to‘g‘ri tashkil etish va viloyatimizda sifatli o‘tkazish chora-tadbirlarini ko‘rish bo‘ldi.
Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati