20/09/2021

Viloyat statistika boshqarmasi mehnat jamoasi uchun navbatdagi ma’naviyat soati tashkil etildi. Asosiy mavzu: "Ommaviy madaniyat".

 Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyat hisoblangan.

Tadbir davomida shunga o‘xshash g‘oyalarni o‘zida mujassam etgan fikrlar ko‘rib chiqilib, kuchli iqtisodiyot va kuchli ma’naviyat uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi.

Seminar ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati