O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig VMQ-710-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida Aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yilda o‘kazilishi belgilandi.
Shu munosabat bilan joriy yilning 14- sentabr kuni Sirdaryo tumani “Paxtakor” MFY hamda Madaniyat bo‘limida, Sayxunobod tumani 1- sonli maktabda, Oqoltin tumani Agro bankda, Yangiyer shahar 8- sonli maktabda hamda Mirzaobod tumani Davlat soliq inspeksiyasida seminarlar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning asosiy mavzusi Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlarini to‘g‘ri tashkil etish va viloyatimizda sifatli o‘tkazish chora-tadbirlarini ko‘rish bo‘ldi.
Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati