Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining: “Xalqimizning ulugʻvor qudrati joʻsh urgan hozirgi zamonda Oʻzbekistonda yangi bir uygʻonish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda”, - degan so‘zlari endilikda har bir sohada pirovand natijalarni ko‘rsatmoqda. Izchil islohatlar samarasi statistika tizimida ham mujassam. Misol tariqasida birgina O‘zbekiston ochiq ma'lumotlar manbalari soni (Open data Inception) bo‘yicha jahonda 5-o‘rinni egallaganligini qayd etish kifoya.
Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, "Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik!" shiori mustaqillik biz uchun naqadar keng imkoniyatlarni taqdim etganligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Prezidentimiz tomonidan milliy statistika tizimi faoliyatini samarali muvofiqlashtirib borish maqsadida "Rasmiy statistika to‘g‘risida"gi Qonun xalqaro andozalarga, bugungi kun talablari va chaqiriqlariga mos, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladiga yangi ko‘rinishda ta'sis etildi. Bu esa o‘z navbatida milliy statistika tizimi faoliyatini tartibga solish barobarida, rasmiy statistikaning ochiqligi va shaffofligini ta'minlash borasidagi islohatlarning natijadorligiga erishish, foydalanuvchilarning ishonchli, sifatli va dolzarb rasmiy statistik ma'lumotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun qaratilgan.
Mustaqillik shukuhi mamlakatimiz boʼylab kezib yurgan ushbu kunda barcha yurtdoshlarimizni bayram bilan samimiy tabrikab, Vatan ravnaqi yoʼlidagi ishlarda bardavomlik, sogʼlik-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaymiz!
Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati