26/08/2021

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig VMQ-710-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida Aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yilda o‘kazilishi belgilandi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 25- avgust kuni Xovos tumani “Tinchlik” MFY, Boyovut tumani “Sohil” MFY, Oqoltin tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi, Sirdaryo tumani axborot texnologiyalari texnikumida, Guliston tumani KXSB bo‘limida seminarlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning asosiy mavzusi Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlarini to‘g‘ri tashkil etish va viloyatimizda sifatli o‘tkazish chora-tadbirlarini ko‘rish bo‘ldi.

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati