20/08/2021

Joriy yilning 20- avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-son qarorini tizim xodimlari o‘rtasida o‘rganish hamda avvalgi o‘tkazilgan seminarlar natijalari bo‘yicha reja-jadvalga asosan mehnat resurslari balansini hisoblash uslubiyari bo‘yicha onlayn o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Vebinar qo‘mitaning Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi tomonidan tashkil etilib, Demografiya va mehnat statistikasi bo‘yicha bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar haqida tushuncha berildi.

Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i, xodimlari hamda hududiy boshqarmalar vakillari qatorida Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi tarmoq xodimlari ham ishtirok etishdi.

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati