Boshqarmada har juma tashkil etiladigan navbatdagi ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi nutqida bugun jahon miqyosida yurtimiz haqida so‘z ketganda “Yangi O‘zbekiston” iborasi tilga olinayotgani, bu keyingi yillarda taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qo‘yganimiz, erishayotgan zalvorli yutuqlarimizning eʼtirofi ekanini alohida taʼkidladi.
Davra suhbati davomida boshqarma yurist-konsulti K.Gaynazarova so‘zga chiqib, darhaqiqat, keyingi vaqtlarda mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan yangi bosqichdagi islohotlar o‘z mevalarini bera boshlab, O‘zbekistonda yangi bir uyg‘onish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda. Mazkur yangilanishlar davlat boshqaruvi tizimining samadorligini oshirishga qaratilgani bilan ham alohida ahamiyatga ega. Yaqin istiqboldagi innovatsion taraqqiyotimizning dasturilamali bo‘lgan Harakatlar strategiyasining birinchi yo‘nalishi ham aynan davlat boshqaruvi tizimi va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarga bag‘ishlangani bejiz emas. Yangi O‘zbekistonda demokratik davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak”, degan yuksak g‘oyaga asoslangan holda amalga oshirilmoqda.
Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati