Viloyat statistika boshqarmasida tashkil etilgan navbqtdagi ma’naviyat soatining mavzusi "Mangulikka daxldor vatanparvarlar". Mavzu yuzasidan boshqarma xodimlariga davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida millatparvar bobolarimiz vatan tinchligi va ozodligi yo‘lidagi kurashi bugungi kun yoshlari uchun ibrat maktabi bo‘lmoqligi singdirildi.
Suhbat davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.
Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati