O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig VMQ-710-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida Aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yilda o‘kazilishi belgilandi.
Shu munosabat bilan joriy yilning 18- avgust kuni Yangiyer shahar “Davlatobod” MFY hamda Obodonlashtirish bo‘limida, Guliston tumani “Hamid Olimjon” MFY hamda Davlat xizmatlari markazida, Xovos tumani “Xovosobod” MFY, Oqoltin tumani investitsiyalar bo‘limi hamda “Yangi hayot” MFY da seminarlar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning asosiy mavzusi Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlarini to‘g‘ri tashkil etish va viloyatimizda sifatli o‘tkazish chora-tadbirlarini ko‘rish bo‘ldi.
Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati