17/08/2021

Joriy yilning 16- avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-son qarorini tizim xodimlari o‘rtasida o‘rganish hamda avvalgi o’tkazilgan seminarlar natijalari bo‘yicha reja-jadvalga asosan investitsiyalar va qurilish ishlari umumiy hajmini shakllantirish va qurilish ishlar hajmining statistil hisobi bo‘yicha onlayn o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Vebinar qo‘mitaning Investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi tomonidan tashkil etilib, investitsiyalar va qurilish statistikasi bo‘yicha bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar haqida tushuncha berildi.

Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi Investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i, xodimlari hamda hududiy boshqarmalar vakillari qatorida Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi tarmoq xodimlari ham ishtirok etishdi.

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati