12/08/2021

Joriy yilning 12- avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-son qarorini tizim xodimlari o‘rtasida o‘rganish hamda avvalgi o’tkazilgan seminarlar natijalari bo‘yicha reja-jadvalga asosan Ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan) xizmatlar hajmini xizmat turlari kesimida solishtirma narxlardagi o‘sish sur’atlarini hisoblash usullari bo‘yicha onlayn o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Vebinar qo‘mitaning Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi tomonidan tashkil etilib, xizmatlar sohasi statistikasi bo‘yicha bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar haqida tushuncha berildi.

Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi boshlig‘i, xodimlari hamda hududiy boshqarmalar vakillari qatorida Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi tarmoq xodimlari ham ishtirok etishdi.

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati