11/08/2021

Joriy yilning 11- avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-son qarorini tizim xodimlari o‘rtasida o‘rganish hamda avvalgi o’tkazilgan seminarlar natijalari bo’yicha reja-jadvalga asosan narx-navo statistikasi bo‘yicha onlayn o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Vebinar qo‘mitaning Narx statistikasi boshqarmasi tomonidan tashkil etilib, joylarda narxlar kuzatuvini o‘tkazish bo‘yicha bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar haqida tushuncha berildi.

Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi Narx statistikasi boshqarmasi boshlig‘i, xodimlari hamda hududiy boshqarmalar vakillari qatorida Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi tarmoq xodimlari ham ishtirok etishdi.

 

 Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati