11/08/2021

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig VMQ-710-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida Aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yilda o‘kazilishi belgilandi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 11- avgust kuni Oqoltin tumani moliya bo‘limi, Guliston shahar mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi hamda “Na’muna” MFY, Yangiyer shahar “Shukrona” MFY, Sirdaryo tumani chorvachilik bo‘limi, Oqoltin tumani “Ko‘rkam diyor” MFY hamda Yangiyer shahar Dehqon bozor xodimlariga seminarlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning asosiy mavzusi Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlarini to‘g‘ri tashkil etish va viloyatimizda sifatli o‘tkazish chora-tadbirlarini ko‘rish bo‘ldi.

 

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati