03/08/2021

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig VMQ-710-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida Aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yilda o‘kazilishi belgilandi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 3- avgust kuni Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi xodimlari tomonidan Oqoltin tumani “Saxovat” MFY da mahalla faollari va mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi xodimlariga aholini ro‘yxatga olish tadbiri bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Tadbirning asosiy mavzusi Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlarini to‘g‘ri tashkil etish va viloyatimizda sifatli o‘tkazish chora-tadbirlarini ko‘rish bo‘ldi.

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati