05/07/2021

Joriy yilning 5- iyul kuni

boshqarmada “Ommaviy madaniyat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Guliston davlat universiteti dotsenti  G‘. Omonov, Adliya boshqarmasi boshliq o‘rinbosari S. Tog‘ayev, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘linmasi xodimi G‘. Yusupov, boshqarma, tuman va shahar bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi.

Asosiy mavzu "Ommaviy madaniyat" degan niqob ostidagi axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik, individualizm, egosentrizm g‘oyalarini tarqalishiga qarshi kurash  kerakligi haqida gapirildi.

"Yoshlarning ongida vatanparvarlik, milliy g‘urur tuyg‘ularini uyg‘otsak, mafkuraviy immunitetni yanada kuchaytirsak sog‘lom, barkamol avlodlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan bo‘lamiz." - deb ta'kidladi universitet dotsenti.

Tadbir so‘nggida ishtrokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati