Joriy yilning 1- iyul kuni Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo'limi hamda Mirzaobod tumani statistika bo‘limi xodimlari tomonidan Mirzaobod tumanida Mahalla fuqarolar yig‘ini rais va kotiblari ishtirokida seminar o‘tkazildi.
Asosiy maqsad, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710 -sonli qarorining mazmun mohiyatini tushuntirish.
Mazkur tadbir ishtirokchilariga Aholini ro'yxatga olish tadbiri yuzasidan to'liq ma'lumot berilib, ushbu jarayonda faol qatnashish muhimligi, mamlakatimiz fuqarolari sonini aniqlash orqali iqtisodiy-ijtimoiy muammolar hal etilishi ko'zda tutilganligi tushuntirildi.
Tadbir so‘nggida ishtrokchilar tomonidan kiritilgan talab va takliflar o‘rganib chiqilib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.
Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati