MICS kuzatuvidan lavhalar
Multiple Indicator Cluster Survey (MICS), ya'ni Multiindikator klaster kuzatuvi Davlat statistika qo’mitasi, BMTning UNICEF jamg'armasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Kuzatuv jarayonida olinadigan ma'lumotlar Sirdaryo viloyati bo'yicha tanlab olingan 50 ta mahalla 1000 ta uy xo'jaliklari (O'zbekiston Respublikasi bo'yicha - 726 ta mahalla,14520 ta uy xo'jaliklari) da, joylarga chiqilib respondentlar bilan shaxsan suhbatlashish orqali planshetlarda elektron ko'rinishda jamlanmoqda.
Joriy yilning 30- iyun kuni Xovos tumanida joylashgan “Farxod” mahalla hududi uy xo'jaliklari o'rganildi.
Mazkur tadbirga statistika tizimida faoliyat ko'rsatayotgan malakali kadrlar jalb etilgan.
Eslatib o'tamiz: ushbu kuzatuv 3 oy davom etadi.
Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati