Joriy yilning 25- iyun kuni Sardoba va Oqoltin tumanlarida viloyat statistika boshqarmasi Demografiya va mehnat statistikasi boʻlim mutaxassislari, hududiy statistika bo‘lim xodimlari tomonidan tumanlarda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning hisobchilari uchun seminar tashkil etildi.
Seminarda, E-stat 4.0 onlayn tizimidan foydalangan holda 4- mehnat (choraklik) Davlat statistika hisobotini to‘ldirish, hisobot ko‘rsatkichlari uni belgilangan muddatidan kechiktirmay xato va kamchiliklarsiz taqdim etish toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, statistik hisobotlarni E-stat 4.0 onlayn tizimidan foydalangan holda topshirish orqali, tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olish yuzasidan ma’ruza qilindi.
Seminar yakunida korxona va tashkilotlar hisobchilarining savollariga mutaxassislari tomonidan batafsil javoblar berildi.
Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati