O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig VMQ-710-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida Aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yilda o‘kazilishi belgilandi.
Shu munosabat bilan joriy yilning 25- iyun kuni Oqoltin tumani “Yangi davr” MFY, Guliston tumani ”Soyiobod” MFY, Sayxunobod tumani “Guliston” MFY hamda Sirdaryo tumani “Furqat” MFY da seminarlar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning asosiy mavzusi Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlarini to‘g‘ri tashkil etish va viloyatimizda sifatli o‘tkazish chora-tadbirlarini ko‘rish bo‘ldi.
Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati