25/06/2021

Haftaning har juma kuni tashkil etilayotgan ma'naviyat soatlarining bu galgi mavzusi mustaqilligimizning 30 yilligiga bag‘ishlanib, "Ajdodlar mardona ruhi bizga yor!" deb nomlandi. Tadbir davomida urush va mehnat fahriysi bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Ismailov Suvonqul urush yillari Afg‘onistonda boshidan kechirgan qiyinchiliklarni mardonavor yengib o‘tib, davlat rahbari qo‘lidan Jasorat medalini qo‘lga kiritganligi haqida gapirib o'tdi.

Tabdir so'ngida so‘zga chiqqan boshqarma kasaba uyushmasi raisi G. Jo‘rayeva ham yoshlarni hozirgi tinch zamon qandriga yetib, har tomonlama yetuk inson bo‘lib yetishish keraklini ta'kidladi.

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati