Joriy yilning 18- iyun kuni boshqarmada "O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida poraxo‘rlik uchun javobgarlik" mavzusida seminar o‘tkazildi.
So‘zga chiqqan boshqarmaning yuristkonsuli barcha xodimlarni poraxo‘rlikka qo‘yiladigan moddalar bilan tanishtirib, ushbu yomon illatga qarshi kurash har bir vatanparvar fuqaro asosiy burchi bo‘lishi ta'kidlandi.
"Pora olish, pora berish va pora olish-berishda vositachilik qilish poraxo‘rlik xisoblanadi." - deb ogohlantirdi yuristkonsul.
Tadbir so'ngida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis batafsil javob berdi.
Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati