22/06/2021

2021- yil 1- iyun holatiga viloyatda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 194 tani tashkil etib, ulardan 183 tasi faoliyat yuritmoqda. Faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13 taga oshgan.

Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:

 Xitoy – 51 ta

 Rossiya – 27 ta

 Turkiya – 19 ta

 Qozog‘iston – 18 ta

 Koreya – 7ta

 

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati