17/06/2021

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig VMQ-710-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida Aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yilda o‘kazilishi belgilandi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 16- iyun kuni Mirzaobod tumani moliya bo‘limida, Guliston shahar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limida hamda “Ahillik” MFY da seminarlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning asosiy mavzusi Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlarini to‘g‘ri tashkil etish va viloyatimizda sifatli o‘tkazish chora-tadbirlarini ko‘rish bo‘ldi.

 

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati