Joriy yilning 11-iyun kuni viloyat statistika boshqarmasi xodimlariga "2021-yil - yoshlarni qo‘llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur ma'naviyat soatida so‘zga chiqqan boshqarma yoshlar yetakchisi B. Umarqulov mavzuga doir o‘z fikrlarini o‘rtoqlashdi.
Bugungi kunda yoshlarga ajratilgan ko‘plab imtiyozlar haqida so‘z yuritildi va bundan unumli foydalanib, vatan ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shishni oliy maqsad qilgan haqiqiy ma'nodagi kelajak bunyodkorlari bo‘lish lozimligi to‘g‘risida ta'kidlandi.
Tadbir so‘nggida mavzu yuzasidan fikrlar almashildi.
Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati