04/06/2021

 Mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlarini sportning ommaviy turlariga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Joriy yilning 1-iyun kuni viloyat statistika boshqarmasi xodimlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida xodimlar o‘rtasida sportning shashka va shaxmat turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. 

Raqiblari bilan kurash olib borgan xodimlar shashka va shaxmat o‘yinlari juda xilma-xilligini va bir qarashda ko‘rinadigan darajada sodda emasligini ko‘rsatdilar.  O‘yin katta qiziqish uyg'otdi. Hayajonni yengib, har bir ishtirokchi g‘alaba qozonishga intildi.  O'tkazilgan o‘yinlar natijalariga ko‘ra g‘oliblar aniqlandi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati