07/09/2026

Joriy yilning 4 sentabr kuni boshqarma xodimlari ishtirokida Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi hamkorligida tadbir oʻtkazildi. Tadbirda boshqarma bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova “Korrupsiya: omillari va unga qarshi kurashish usullari” mavzusida maʼruza qildi. Seminar ishtirokchilariga korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillar va u bilan kurashish usullari toʻgʻrisida zarur maʼlumotlar berib oʻtildi.

Shuningdek, tadbirga oʻz maʼruzasi bilan qatnashgan Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi masʼul xodimi I.Muxammadiyeva monitorga uzatilgan slaydlar orqali Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1166-son Konstitutsiyaviy Qonuni haqida soʻzladi. Maʼruzachi ushbu hujjat bilan Prezident Administratsiyasi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini taʼminlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari, uning asosiy vazifalari va vakolatlari, boshqa davlat organlari bilan oʻzaro hamkorligi, Prezident Administratsiyasi mansabdor shaxslari va rahbar xodimlarining daxlsizligi va boshqalar toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib oʻtdi. Yakunda tadbir ishtirokchilariga mavzuga oid rolik namoyish etildi.

Raislik qiluvchi U.Elmuratov tomonidan tadbir yakunida bugungi seminar qatnashchilari kun tartibidagi masalalar yuzasidan oʻzlariga kerakligi maʻlumotlar olganligini, oʻz hayoti va ish faoliyati davomida tegishli qonun hujjatlariga doimo amal qilish kerakligini aytib, zarur koʻrsatmalar berib oʻtdi.