07/09/2026

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 61,6 trln so‘mni tashkil etdi.

Ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 12 foizga oshgan.

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari turlari bo‘yicha hajm:

  • Kompyuter dasturlashtirish xizmatlari — 29,9 trln so‘m
  • Telekommunikatsiya xizmatlari — 16,5 trln so‘m
  • Axborot sohasidagi xizmatlar — 10,3 trln so‘m
  • Boshqa xizmatlar — 5 trln so‘m