Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda turli rusumdagi 263 731 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 22,6 ming donaga ko‘paygan.
Ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar rusumlar kesimida:
- Cobalt — 91 140 dona
- Damas — 47 521 dona
- Tracker — 25 779 dona
- Onix — 20 445 dona
- BYD — 17 765 dona
- KIA — 17 125 dona
- Haval — 5 778 dona
- Chery — 4 801 dona
- Chevrolet Damas Move — 932 dona
- Maxsus yengil avtomobillar — 32 445 dona




