04/09/2026

   Joriy yilning 4-sentabr kuni boshqarmada “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida navbatdagi huquqiy targʻibot boʻyicha oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan YI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-175-son Farmoni mazmuni boʻyicha soʻz yuritildi. Hujjat bilan belgilangan biznesga ortiqcha aralashuv va tekshirishlarni hamda ularning xarajatlarini kamaytirish choralari, tadbirkorlik loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari, turizm va xizmat koʻrsatish sohasida xalqaro standartlarga javob beradigan infratuzilmani rivojlantirish va boshqalarda alohida toʻxtalib oʻtildi.