28/08/2026

     Joriy yilning 28-avgust kuni boshqarmada “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida navbatdagi huquqiy targʻibot boʻyicha oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda avgust oyida qabul qilingan OʻRQ-1164, OʻRQ-1165, OʻRQ-1168 va OʻRQ-1169-son Qonunlarning mazmuni va mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi. Xodimlarga oʻquv mashgʻuloti davomida mazkur qonunlar bilan tadbirkorlik subyektlari uchun “Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimi joriy etilganligi va ularga qoʻshimcha kafolatlar belgilanganligi, arxiv ishi sohasidagi yangi norma va oʻzgartishlar hamda Enterprise Uzbekistan xalqaro markazi faoliyatining huquqiy asosi haqida zarur maʼlumotlar yetkazildi. Yakunda ularning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.