Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-avgust holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalarining 11 135 tasi tadbirkorlik subyekekti sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.
Tashkiliy-huquqiy shakllar kesimida eng katta ulushni mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) tashkil etib, ularning soni 9 795 ta yoki jami tadbirkorlik subyektlarining 88,0 foiziga teng bo‘ldi.
Shuningdek:
- Xususiy korxonalar – 910 ta (8,2 %)
- Oilaviy korxonalar – 275 ta (2,5 %)
- Aksiyadorlik jamiyatlari – 13 ta (0,1 %)
- Boshqa tashkiliy-huquqiy shakllar – 142 ta (1,2 %)
So‘nggi yillar dinamikasiga nazar tashlasak, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni:
- 2022-yilda – 11 331 ta
- 2023-yilda – 9 354 ta
- 2024-yilda – 8 478 ta
- 2025-yilda – 8 427 ta
- 2026-yilda – 9 795 tani tashkil etdi.




