Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, 2026-yil 1-avgust holatiga faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning eng katta ulushi savdo sohasiga to‘g‘ri kelib, jami korxonalar sonining 29,7 foizini tashkil etdi.
Shuningdek, korxonalar soni bo‘yicha:
- Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 2 326 ta
- Sanoat – 1 276 ta
- Qurilish – 925 ta
- Yashash va ovqatlanish xizmatlari – 854 ta
- Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 338 ta
- Tashish va saqlash – 305 ta
- Axborot va aloqa – 260 ta
- Boshqa faoliyat turlari – 3 046 ta
Savdo, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi hamda sanoat sohalari birgalikda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning 56,9 foizini tashkil etmoqda.




