Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilda viloyatda ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 243,6 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Taqqoslash uchun, 2025-yilda ushbu ko‘rsatkich 196,6 mlrd so‘m bo‘lgan. Bir yil davomida ta’lim xizmatlari hajmi 19,8 % ga oshgan.
Ta’lim xizmatlari hajmining ortishi aholining sifatli ta’lim olishga bo‘lgan talabi, zamonaviy ta’lim imkoniyatlarining kengayishi hamda sohaga bo‘lgan e’tibor tobora ortib borayotganini ko‘rsatadi.




