27/08/2026

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonga 11 ta davlatdan qiymati 34 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 421 918 tonna kartoshka import qilingan.

Import hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan qariyb 46,9 ming tonnaga kamaygan.

Mazkur davrda O‘zbekistonga eng ko‘p kartoshka yetkazib bergan davlatlar:

  • Qozog‘iston — 337,9 ming tonna;
  • Pokiston — 33,8 ming tonna;
  • Qirg‘iz Respublikasi — 14,8 ming tonna;
  • Afg‘oniston — 13,5 ming tonna;
  • Niderlandiya — 9,7 ming tonna;
  • Boshqa davlatlar — 12,2 ming tonna.