Viloyat statistika boshqarmasida boshqarma va tuman (shahar) statistika boʻlimi xodimlari ishtirokida 2026-yil 14-avgustda yangi qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1166-son Konstitutsiyaviy Qonunining mazmun-mohiyati toʻgʻrisida seminar tashkil etildi. Unda boshqarma Bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova ushbu hujjat bilan Prezident Administratsiyasi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini taʼminlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari, uning asosiy vazifalari va vakolatlari, boshqa davlat organlari bilan oʻzaro hamkorligi, Prezident Administratsiyasi mansabdor shaxslari va rahbar xodimlarining daxlsizligi va boshqalar toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib oʻtdi.
Seminar davomida maʻruzachi xodimlarning qiziqtirgan savollariga javob berdi.




