24/08/2026

     Joriy yilning 21-avgust kuni boshqarmada “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasining “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1162 hamda “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1163-son Qonunlari muhokamasi boʻlib oʻtdi.

     Unda, OʻRQ-1162-son Qonunida avtomobil yoʻllari toifalari, pulli yoʻllarni tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi nazarda tutilgan boʻlsa, OʻRQ-1163-son Qonuni bilan rieltorlar uchun oʻqitish kursidan oʻtish, malaka imtihonini topshirish, rieltorning malaka sertifikatini olish va boshqalar kabi majburiy talablar joriy etilganligi qayd etildi.

     Oʻquv mashgʻuloti davomida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.