Boshqarmada “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasining “Madaniy meros sohasidagi davlat boshqaruvi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1160 hamda “Davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1161-son Qonunlari muhokamasi boʻlib oʻtdi.
OʻRQ-1160-son Qonunida moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish Madaniy meros agentligining, nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish Madaniyat vazirligining vakolatiga kiritilishi nazarda tutilgan.
OʻRQ-1161-son Qonuni bilan davlat organining noqonuniy qaroridan yetkazilgan zararni qoplashning yagona mexanizmi joriy etilmoqda.
Oʻquv mashgʻuloti davomida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga maʼruzachi tomonidan javob oldilar.




