Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra,2026-yil yanvar–iyun oylarida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 41 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan7,4 % ga oshgan.
Tashqi savdo aylanmasi tarkibida:
Eksport — 15,9 mlrd AQSH dollari (-8,8 %)
Import — 25,1 mlrd AQSH dollari (+21 %)
Oltin hisobga olinmaganda, tovarlar eksporti 8,2 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 28,7 % ga oshdi.
Hisobot davrida Oʻzbekiston dunyoning 195 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi.
Tashqi savdo aylanmasida eng yuqori ulush quyidagi davlatlar hissasiga toʻgʻri keldi:
Xitoy — 23,1 %
Rossiya — 17,1 %
Qozogʻiston 6,8 %
Turkiya — 3,4 %
Afgʻoniston — 2,6 %




