2026-yil 24-iyul kuni boshqarmaning tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Raqamli hukumat” tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-257-son qarori mazmuni va mohiyati boʻyicha navbatdagi oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda mazkur hujjatning maqsadi, hududlarda raqamli boshqaruv tizimi (“Aklli tuman” platformasi)ni joriy etish, Yagona integratsiyalashgan raqamli platformani joriy etishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari va boshqalar toʻgʻrisida soʻz yuritildi.






