Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi tizimida mavjud vakant rahbarlik lavozimlariga malakali va tashabbuskor nomzodlarni tanlov asosida ishga taklif etadi.
Tanlov doirasida Raqamlashtirish va statistik registrlarni yuritish bo‘limi boshlig‘i, Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i hamda Guliston shahar statistika bo‘limi boshlig‘i lavozimlari uchun nomzodlar qabul qilinadi.
Nomzodlardan tegishli yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumot, belgilangan ish tajribasi hamda statistika sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bilish talab etiladi.




