26/06/2026

   2026-yilning yanvar–mart oylarida Sirdaryo viloyatida jami 4 813 nafar chaqaloq tug‘ildi. Shundan 2 526 nafari o‘g‘il bolalar, 2 287 nafari qiz bolalarni tashkil etdi.

📌 E'tiborga molik raqamlar:

O‘g‘il bolalar soni qiz bolalarga nisbatan 239 nafarga ko‘p bo‘ldi.
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hududlar:

• Boyovut tumani – 815 nafar
• Sirdaryo tumani – 704 nafar
• Guliston shahri – 576 nafar

Eng kam tug‘ilish qayd etilgan hududlar:

• Shirin shahri – 50 nafar
• Yangiyer shahri – 240 nafar
• Oqoltin tumani – 263 nafar

Qiz bolalar soni o‘g‘il bolalardan ko‘p bo‘lgan hududlar:

• Sayxunobod tumani – 213 nafar qiz, 199 nafar o‘g‘il.
• Sardoba tumani – 174 nafar qiz, 165 nafar o‘g‘il.
• Shirin shahri – 26 nafar qiz, 24 nafar o‘g‘il.