24/06/2026

   Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan #STOPNARKO xeshtegi ostidagi “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” chellenji doirasida Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari faol ishtirok etdi.
Mazkur chellenjning asosiy maqsadi — jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarni turli zararli illatlardan asrash hamda giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida keng jamoatchilik xabardorligini oshirishdan iborat.
Statistika tizimi xodimlari giyohvandlikka qarshi kurashish, sog‘lom va xavfsiz jamiyat barpo etish yo‘lidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdilar.