Sirdaryo viloyatida metallurgiya sanoati bu yil sezilarli o‘sishni qayd etdi. Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilda tarmoqda 371,7 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 111,2 milliard so‘mga ko‘paydi.
Natijada metallurgiya sanoatining hudud jami sanoatidagi ulushi 6,5 foizdan 7,8 foizga yetdi. Mahsulot fizik hajmi indeksi esa 111,2 foizni tashkil etdi.
Mazkur ko‘rsatkichlar tarmoqda ishlab chiqarish hajmlari kengayib, metallurgiya sanoati viloyat iqtisodiyotining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanib borayotganini ko‘rsatmoqda.




