Joriy yilning 25-mart kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida kasaba uyushma qo‘mitasi hamda boshqarma xodimlari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish tashkil etildi.
Mazkur yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i U. Elmuratov, kasaba uyushma qo‘mitasi raisi G. Jurayeva hamda boshqarma jamoasi faol ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida 2025-yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil hisobot taqdim etilib, erishilgan natijalar, mavjud yutuqlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, yig‘ilish jarayonida xodimlar tomonidan berilgan savollar, taklif va mulohazalar tinglanib, ularga tegishli izoh va tushuntirishlar berildi.
Yig‘ilish yakunida boshqarma boshlig‘i U. Elmuratov barcha murojaatlarga batafsil javob qaytarib, jamoani kelgusida yanada samarali faoliyat olib borishga undadi.











